Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi

Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024-yil 9-sinf bitiruvchilari 100 dan ortiq kasblardan birini egallashlari uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

Platformaga:

 

– tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;

 

– 3×4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

 

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 332 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.