Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yana bir nodavlat institutni sudga berdi - Ta’lim xabarlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yana bir nodavlat institutni sudga berdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi iqtisodiy ishlar bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga Navoiy innovatsiyalar institutiga nisbatan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni bekor qilishni so‘rab shikoyat arizasi kiritgan. Sud ishi 24 iyul 15:10ga tayinlangan.

 

Bundan tashqari vazirlik yil boshida ham 5 ta nodavlat ta’lim muassasaning litsenziyasini sud qarori bilan bekor qilgan edi. 

 

Vazirlikning qayd etishicha, hozirga qadar  5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining litsenziyasi bekor qilinishiga litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzgani asos sifatida ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarorga ko‘ra litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish huquqi vazirlikka berilgan.

 

Vazirlik litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning talabalari o‘qishni boshqa universitetga ko‘chirishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

 

Vazirlik litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmasligini ma’lum qiladi. Barcha talabalarning arizasiga asosan o‘qishi belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga ko‘chirilishi ta’minlanadi”, — deyiladi vazirlik bergan xabarda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры