2024-yil 6–7-sentabr kunlari Nukus shahrida OTMga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Bunda 446 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 91 nafari ( 20,4%) jarayonda ishtirok etdi, 355 nafari esa ishtirok etmadi.