10 yoshli o‘zbekistonlik bola g‘aroyib robot yaratib, Germaniyada nufuzli mukofot sovrindoriga aylandi

10 yoshli o‘zbekistonlik bola g‘aroyib robot yaratib, Germaniyada nufuzli mukofot sovrindoriga aylandi

Germaniyada yashovchi 10 yoshli Ilmiyor Sadriddinov o‘zi yaratgan chiqindi yig‘uvchi robot bilan “mb21” multimedia mukofotini qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Yosh ixtirochi 200 dan ortiq raqibini ortda qoldirib, ekologik muammoga texnologik yechim taklif qilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Germaniyaning Ottvayler shahrida yashovchi Ilmiyor Sadriddinov Drezden shahrida o‘tkazilgan “mb21” multimedia mukofoti tanlovida g‘olib bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Germaniya nashrlari xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Yosh ixtirochi tanlovga o‘zi yaratgan “AIMER” nomli robotni taqdim etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ U ommaviy tadbirlarda odamlar orasida mustaqil harakatlanib, tashrif buyuruvchilarni bo‘sh plastik idishlarni yerga tashlamasdan, robotning maxsus bo‘limiga joylashtirishga undaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Robot ovoz orqali odamlarga minnatdorlik bildiradi, atrof-muhitga oid qiziqarli ma’lumotlar va hazillarni ham aytadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ilmiyor uni gapirishga moslashtirish uchun matnni nutqqa aylantiruvchi dasturdan foydalangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“AIMER” karton, qayta ishlangan materiallar va “LEGO Spike” to‘plami yordamida yasalgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Uning dasturiy kodini ham Ilmiyor mustaqil ishlab chiqqan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

10 yoshli o‘zbekistonlik bola g‘aroyib robot yaratib, Germaniyada nufuzli mukofot sovrindoriga aylandi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Hakamlar hay’ati yosh ixtirochining tashabbuskorligi, loyihani g‘oyadan tayyor prototipgacha mustaqil rivojlantirgani va texnik yechimlarini alohida e’tirof etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Robotni yaratish g‘oyasi Ilmiyorda “Make it Saarland” tanloviga tayyorgarlik jarayonida paydo bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ “Dunyoni ozoda saqla” shiori ostidagi tanlovga tayyorlanar ekan, u chiqindilar bilan atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashishga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, “mb21” Germaniyada 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan nufuzli multimedia tanlovlaridan biri hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Tanlov Germaniya bolalar va yoshlar kino markazi hamda Drezden mediamadaniyat markazi tomonidan tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu yil 28-marta o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari uchun jami 11 ming yevro mukofot puli ajratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ilmiyor o‘ziga berilgan mukofot pulini robotni yanada takomillashtirishga sarflamoqchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Uning rejasiga ko‘ra, robotning keyingi versiyasida karton quti o‘rniga haqiqiy chiqindi konteyneridan foydalaniladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, unga kamera va chiqindilarni turlariga qarab ajratishni o‘rgatuvchi maxsus mexanizm o‘rnatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o’tamiz, avvalroq yosh olimlar xorijdagi TOP-500 universitetlarda amaliyot o‘tashi mumkinligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠