DXX tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida psixologiya va tarbiya hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari mudiri lavozimlari uchun tanlov o‘tkaziladi. Nomzodlardan tegishli ilmiy daraja va unvon, shuningdek, kamida 5 yillik uzluksiz pedagogik ish staji talab etiladi.
Tanlovda tegishli ixtisoslik bo‘yicha PhD yoki DSc ilmiy darajasi va ilmiy unvonga ega, kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega mutaxassislar qatnashishi mumkin.
Shuningdek, nomzodlar “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda Prezidentning 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarorini bilishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish uchun direktor nomiga ariza, pasport yoki ID-karta nusxasi, oliy ma’lumot, ilmiy daraja va unvon haqidagi diplomlar nusxalari, ilmiy ishlar ro‘yxati, malaka oshirish guvohnomasi, xorijiy til sertifikati, mutaxassislik bo‘yicha kurs sertifikatlari hamda mehnat daftarchasi yoki undan ko‘chirma taqdim etilishi kerak.
Hujjatlar e’lon qilingan kundan boshlab bir oy davomida Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3a-uy manzilida qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 71 217-81-01 telefon raqami orqali olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ariza topshirish joriy yilning 5-sentyabridan 5-oktyabriga qadar davom etgan edi.
