Talabalar uchun AQShda bir semestrlik to‘liq moliyalashtiriladigan almashinuv dasturiga qabul boshlanmoqda

Talabalar uchun AQShda bir semestrlik to‘liq moliyalashtiriladigan almashinuv dasturiga qabul boshlanmoqda

Global UGRAD 2027–2028 almashinuv dasturiga arizalar 2026-yil 1-dekabrdan qabul qilina boshlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastur doirasida bakalavriat talabalari AQSh universitetlarida bir semestr o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘qish, aviachipta, turar joy, ovqatlanish va boshqa xarajatlar to‘liq qoplanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Global Undergraduate Exchange Program (Global UGRAD) — AQSh Davlat departamentining Ta’lim va madaniyat masalalari byurosi homiyligida tashkil etiladigan xalqaro almashinuv dasturi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U 50 dan ortiq davlatning bakalavriat talabalari uchun AQShdagi universitet va kollejlarda bir semestr davomida diplomsiz tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturga har yili taxminan 160 nafar talaba qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ishtirokchilar AQShdagi jamoat kollejlari, grant asosida faoliyat yurituvchi universitetlar hamda kichik shaharlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastur davomida talabalar:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • AQSh jamiyati, davlat institutlari va qadriyatlari bilan yaqindan tanishadi;
  • ingliz tilini bilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
  • biznes, tadbirkorlik, sun’iy intellekt va STEM kabi strategik yo‘nalishlarda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshiradi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastur yakunida talabalar Vataniga qaytib, fuqarolik jamiyati, muhim sanoat tarmoqlari va davlat sektorida yetakchilik salohiyatini ko’rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ishtirokchilar 2027-yil kuzgi (avgust–dekabr) yoki 2028-yil bahorgi (yanvar–may) semestrida qatnashadilar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturda quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar ishtirok etishi mumkin:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Ishtirokchi davlat fuqarosi boʻlish va hozirda shu davlatda yashash (O’zbekiston fuqarolari topshira oladi);
  • 2027-yil 1-avgustiga ko’ra kamida 18 yoshga toʻlgan boʻlish;
  • Ishtirokchi davlatdagi oliy taʼlim muassasasida kunduzgi bakalavriat talabasi boʻlish;
  • Aerokosmik, qishloq xoʻjaligi, sunʼiy intellekt, biznes/tadbirkorlik, kompyuter fanlari, kiberxavfsizlik, data science, iqtisodiyot, geologiya, robototexnika, yarimoʻtkazgichlar, taʼminot zanjiri va boshqa STEM yoʻnalishlaridan birida oʻqish;
  • 2028-yil maydan keyin bakalavr dasturida kamida bir semestr oʻqishi qolgan boʻlish;
  • 2027-yil kuz yoki 2028-yil bahor semestrining istalgan birida qatnashishga tayyor boʻlish (semestr tanlash kafolatlanmaydi);
  • Ingliz tili: TOEFL iBT boʻyicha kamida 3.5 yoki akademik tayyorgarlikdan soʻng shu natijaga erishish ehtimolini koʻrsatish;
  • Akademik yutuqlar, jamoat ishlaridagi ishtirok va qoʻshimcha faoliyat orqali salohiyatni koʻrsatish;
  • AQSh J-1 vizasini olish imkoniyatiga ega boʻlish, dastur tugagach Vataniga qaytib, bakalavr bosqichini yakunlash va ikki yil davomida Vatanida yashash talabini bajarish;
  • Kunduzgi oʻqish, AQSh tarixi, fuqarolik faolligi va madaniyati boʻyicha kurslar, 20 soatlik jamoat xizmati, kasbiy rivojlanish treningi va dastur seminarini oʻtashga rozi boʻlish.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nomzodning ta’lim yo‘nalishi ro‘yxatda keltirilgan nomlar bilan aynan bir xil bo‘lishi shart emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, marketing yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba “Business” yo‘nalishini tanlashi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Quyidagi shaxslar dasturda ishtirok eta olmaydi:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • AQSh fuqarolari va doimiy rezidentlari;
  • Hozirda AQShda akademik, trening yoki tadqiqot dasturida qatnashayotganlar;
  • Ishtirokchi davlatlardan tashqarida yashayotgan yoki ishlayotganlar;
  • AQSh hukumati homiyligidagi almashinuv dasturida 6 haftadan ortiq qatnashib, ariza muddatigacha ikki yillik vatanga qaytish talabini bajarmaganlar;
  • Oxirgi 3 yilda AQShda doimiy yashash uchun ariza topshirganlar;
  • Dasturni Davlat departamenti nomidan boshqaruvchi notijorat tashkilotlar xodimlari va ularning oila aʼzolari;
  • AQSh Davlat departamenti xodimlari va chet eldagi AQSh vakolatxonalari mahalliy xodimlari (ish davrida va undan keyingi 1 yil davomida), shuningdek, ularning yaqin oila aʼzolari.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Global UGRAD dasturi ishtirokchilarning quyidagi xarajatlarini qoplaydi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Safar oldidan yo‘l xarajatlari uchun mablag‘ beriladi;
  • AQShga borish-kelish ekonom-klass aviachiptasi;
  • O‘qish to‘lovi (tuition) va majburiy universitet to’lovlari qoplanadi;
  • Kampus hududidan turar joy beriladi;
  • Ovqatlanish xarajatlari;
  • Zarur darsliklar;
  • Oylik yashash stipendiyasi beriladi;
  • Cheklangan doiradagi tibbiy sug‘urta qoplanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, dastur doirasida Vashington shahrida o‘tkaziladigan Leadership and Innovation Forum (Liderlik va innovatsiyalar forumi)da ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar ham qoplanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ariza topshirish tartibi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturga arizalar 2026-yil 1-dekabrdan qabul qilina boshlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozircha ariza topshirish tartibi va talab etiladigan hujjatlar haqida batafsil ma’lumot e’lon qilinmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastur bo‘yicha qo‘shimcha savollarni Tashkent-Program@state.gov elektron pochta manziliga yuborish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xat mavzusida “Global UGRAD” deb ko‘rsatish so‘raladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠