Talaba-yoshlar o‘rtasidagi an’anaviy sport musobaqalarining final bellashuvlari 1-dekabr kuni Xorazm viloyatida start oladi. Bahslar 2027-yil 25-aprelga qadar respublikaning turli hududlarida davom etadi.
Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida “Universiada” sport musobaqalarining 2026/2027-o‘quv yilidagi respublika final bosqichi tashkil etiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Musobaqalar 2026-yil 1-dekabr kuni Xorazm viloyatida shaxmat va shashka bellashuvlari bilan boshlanadi. Final bosqichi 2027-yil 25-aprel kuni Navoiy viloyatida basketbol musobaqalari bilan yakunlanadi.
Musobaqalar taqvimi:
2026-yil:
1–4-dekabr — Xorazm viloyati: shaxmat va shashka;
9–12-dekabr — Toshkent viloyati: stol tennisi;
15–18-dekabr — Samarqand viloyati: strit-vorkaut.
2027-yil:
19–23-yanvar — Jizzax viloyati: belbog‘li kurash;
26–30-yanvar — Sirdaryo viloyati: dzyudo;
2–6-fevral — Farg‘ona viloyati: erkin va yunon-rum kurashi;
16–19-fevral — Namangan viloyati: yengil atletika;
23–27-fevral — Andijon viloyati: kurash;
2–7-mart — Qashqadaryo viloyati: futbol;
16–19-mart — Surxondaryo viloyati: badminton;
24–27-mart — Toshkent shahri: stritbol;
6–11-aprel — Qoraqalpog‘iston Respublikasi: voleybol (erkaklar va ayollar);
13–18-aprel — Buxoro viloyati: gandbol (erkaklar va ayollar);
20–25-aprel — Navoiy viloyati: basketbol (erkaklar va ayollar).
Musobaqalar davomida talabalar 14 ta sport turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik talabalar Universiada-2025 sport o‘yinlari sovrindori bo‘lib, unda Milliy terma jamoamiz a’zosi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Najmiddin Qosimxojiyev taekvondo bahslarida 74 kg vazn toifasida ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgani haqida xabar bergan edik.
