Bugun, 23-noyabr kuni biologiya va kimyo fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya sinovlari oʻtkazildi. Unda bir qator pedagoglar yuqori natijalarni qayd etdi.
Xabaringiz bor, biologiya hamda kimyo fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya sinovlari 23–24-noyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Quyida 23-noyabr kuni boʻlib oʻtgan sinovlarda yuqori ball toʻplagan pedagoglar roʻyxati bilan tanishing:
- Turamuratova Dilnoza — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani 63-sonli maktab oʻqituvchisi — 92 ball;
- Abdullaeva Maqsuda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani 66-sonli maktab oʻqituvchisi — 90 ball;
- Bisenalieva Jazira — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumani ixtisoslashtirilgan maktabning oʻqituvchisi — 90 ball;
- Djabbarov Ulugʻbek — Xorazm viloyati Urganch tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻqituvchisi — 96 ball;
- Egamberdiyeva Munira — Xorazm viloyati Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi — 92 ball;
- Bekmetova Nargiza — Xorazm viloyati Xonqa tumani 36-maktab oʻqituvchisi — 86 ball.
- Sattarova Umida — Xorazm viloyati Yangibozor tumani IMI oʻqituvchisi — 90 ball;
- Gaynutdinova Roziya — Xorazm viloyati Yangibozor tumani IMI oʻqituvchisi — 88 ball;
- Abdiyeva Iroda — Xorazm viloyati Urganch shahri 11-maktab oʻqituvchisi — 88 ball;
- Masharipov Bobur — Xorazm viloyati Yangiariq tumani 36-maktab oʻqituvchisi — 88 ball.
- Roʻziyev Azizbek — Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani 64-umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi — 90 ball;
- Suyunov Uygʻun — Samarqand viloyati Bulungʻur tumani 31-umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi — 86 ball;
- Yakubova Zumrad — Samarqand viloyati Ishtixon tumani 43-umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi — 86 ball;
- Boyqulov Akbar — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 25-umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi — 96 ball.
Mazkur fanlar boʻyicha toifa sinovlarda ertaga ham davom etadi. Unda ishtirok etadigan oʻqituvchilar roʻyxati hududlar kesimida eʼlon qilingan. Ushbu sinovlarda ishtirok etadigan pedagoglar roʻyxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
Attestatsiya sinovlariga jalb qilingan pedagoglar shaxsini tasdiqlovchi hujjat — fuqarolik pasporti yoki ID-karta bilan belgilangan vaqtdan 30 daqiqa oldin yetib kelishlari kerak.
Shuningdek, sinovtest.uz saytida pedagoglar uchun fan spetsifikatsiyasi asosida tuzilgan namunaviy testlar mavjud. Ular orqali attestatsiya imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish mumkin.
