Maktab oshxonalari “E-auksion” orqali ijaraga beriladi

Maktab oshxonalari “E-auksion” orqali ijaraga beriladi

O‘zbekistonda ta’lim tashkilotlari, jumladan, maktab oshxonalarini ijaraga berish elektron tanlov asosida amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 8-son qarorida belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining oshxonalari “E-auksion” elektron savdo platformasida o‘tkaziladigan elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Oshxonalar ijaraga beruvchining buyurtmasi asosida tanlovga chiqariladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi va o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tanlov g‘olibi deb topilgan ijarachiga oshxonadan foydalanish huquqi beriladi hamda u bilan tegishli o‘quv yili uchun ijara shartnomasi tuziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, maktab oshxonalarida qaysi mahsulotlarni sotish taqiqlangani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠