8-sinf o‘quvchisi otasining Lacetti avtomashinasini ruxsatsiz olib chiqib, xavfli »tryuk»lar qildi

8-sinf o‘quvchisi otasining Lacetti avtomashinasini ruxsatsiz olib chiqib, xavfli »tryuk»lar qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yoshli o‘smirning Lacetti rusumli avtomobilda yo‘lda xavfli burilishlarlar bajarayotgani aks etgan video tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Holat yuzasidan o‘smir va uning otasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Aniqlanishicha, voqea G‘uzor tumanida 11-noyabr kuni sodir bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ O‘smir otasi avtomobilni qarovsiz qoldirganidan foydalanib, uni ruxsatsiz olib chiqqan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ U yomg‘irli ob-havoda avtomobilni boshqarib, qo‘l tormozidan foydalangan holda turli xavfli harakatlar bajargan va jarayonni videoga olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

O‘smirning aytishicha, u bu harakatlarni ijtimoiy tarmoqlarda layklar sonini oshirish maqsadida amalga oshirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ U 34-maktabning 8-sinfida tahsil oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

O‘smirning otasi farzandining bunday harakatlari jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab, holat takrorlanmasligini bildirgan va uzr so‘ragan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 135-moddasi (transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarishga yo‘l qo‘yish) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq xabar berganimizdek,  Samarqandda Malibu haydagan texnikum o’quvchilari YPX xodimining talabiga bo’ysunmay, uni haqorat qilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠