IIV akademiyasiga qabul boshlandi: kimlar hujjat topshirishi mumkin va tanlov qanday oʻtadi?

IIV akademiyasiga qabul boshlandi: kimlar hujjat topshirishi mumkin va tanlov qanday oʻtadi?

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga yangi o‘quv yili uchun qabul boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘qishga kirish istagidagi nomzodlar 2027-yil 15-fevralga qadar yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlariga ariza topshirishi mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga 2027/2028-o‘quv yili uchun nomzodlardan arizalar qabul qilish boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hujjatlar 2027-yil 15-fevralga qadar qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Akademiyaga 17 yoshdan kichik va 25 yoshdan katta bo‘lmagan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki professional ma’lumotga ega O‘zbekiston fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Akademiyada o‘qish istagini bildirgan fuqarolar yashash joyidagi ichki ishlar organiga ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
  • anketa (maʼlumotnoma);
  • harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
  • oʻqish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) joyidan tavsifnoma;
  • yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan sogʻligʻining holati haqida belgilangan namunadagi maʼlumotnoma (boʻy-basti koʻrsatilgan holda);
  • ota-onasining Akademiyaga oʻqishga kirishiga rozilik xati.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Akademiyaga qabul uch bosqichdan iborat:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Dastlabki tanlov;
  • Maxsus kasbiy tanlov;
  • Yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastlabki tanlov nomzodning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish, shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu bosqich 15-noyabrdan 1-aprelga qadar hududiy ichki ishlar organlarida tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar maxsus kasbiy tanlovga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu bosqichda nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi, bilim darajasi va chet tillarini o‘zlashtirganligi baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maxsus kasbiy tanlov sinovlari tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab farqlanadi:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Umumiy yo‘nalishga hujjat topshirganlar yozma ish (bayon yoki insho), umumjismoniy tayyorgarlik hamda chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sinovlarda qatnashadi.
  • “Ekspert-kriminalistika faoliyati” yo‘nalishida nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi, matematika, kimyo va fizika fanlaridan bilimi baholanadi.
  • “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yo‘nalishiga hujjat topshirganlar esa matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan sinovdan o‘tadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maxsus kasbiy tanlovda belgilangan eng yuqori ballning 50 foizidan ko‘prog‘ini to‘plagan nomzodlar yakuniy suhbatga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu bosqichda huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi va tarbiya fanlaridan savollar beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Chet tilini bilish bo‘yicha milliy yoki xalqaro B2 darajadagi sertifikatga ega nomzodlarga ushbu fandan imtihonsiz maksimal ball beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, matematika, fizika va kimyo fanlaridan tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga sertifikat darajasiga qarab maksimal yoki proporsional ball berilishi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, “Vatan tayanchi” harakatining tavsiyanomasiga ega nomzodlarga yakuniy suhbatda to‘plagan ballining 5 foizi, “Temurbeklar maktabi” akademik litseylari bitiruvchilariga esa 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra Akademiyaga o‘qishga qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Akademiyaga oʻqishga kirgan nomzodlar kursantlar safiga qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠