Huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish ertaga boshlanadi

Huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish ertaga boshlanadi

Huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihonida qatnashish istagidagi talabgorlar 17-noyabrdan boshlab my.gov.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Imtihon qog‘oz shaklida o‘tkaziladi, talabgorlar soniga cheklov qo‘yilmaydi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq 2026-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari grafigida huquqshunoslik fanidan imtihon 23-dekabr kuni elektron shaklda o‘tkazilishi belgilangan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bilim va malakalarni baholash agentligi imtihonda qatnashish istagini bildirgan talabgorlar soni ko‘pligini inobatga olib, uni qog‘oz shaklida o‘tkazish va talabgorlar soniga limit qo‘ymaslik belgilanganligini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ro‘yxatdan o‘tish 17-noyabr kuni kunning ikkinchi yarmida boshlanib, 26-noyabrga qadar davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtihon sanasi talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlangach, ularning soni va hududlar kesimidagi taqsimotidan kelib chiqib belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Aniq sana imtihon boshlanishidan kamida 7 kun oldin e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠