Buxoro davlat universiteti rektori lavozimidan ozod etildi

Buxoro davlat universiteti rektori lavozimidan ozod etildi

Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Hozirda uning vazifasini universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Rustam Jumayev vaqtincha bajarib turibdi.

 

Obidjon Xafizovich Hamidov 2019-yildan buyon Buxoro davlat universiteti rektori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

U mehnat faoliyatini 1998-yilda “Interkontinental” mehmonxonasida hisobchi sifatida boshlagan. 2000–2001-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti maxsus turistik firmasi direktori, 2001–2003-yillarda mazkur universitetning turizm servisi kafedrasi assistenti lavozimlarida ishlagan.

 

2003–2004-yillarda “Soj-Invest” sanoat-moliya kompaniyasida bosh vakil bo‘lgan. 2004–2019-yillar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

Shuningdek, 2014-yilda Gretsiyaning texnologik ta’lim institutida, 2015-yilda esa Germaniyaning Bremerxafen universitetida malaka oshirgan.

 

Avvalroq, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ketgani haqida xabar berilgandi.