O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilar tarkibidagi huquqshunoslik, menejment, axborot texnologiyalari va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha vakant lavozimlar uchun tanlov e’lon qildi.
Akademiya tarkibiga quyidagi lavozimlar bo‘yicha nomzodlarni ishga qabul qiladi:
1. Huquqshunos — 2 shtat birligi:
- 12.00.02 — “Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”;
- 12.00.05 — “Mehnat huquqi. Ijtimoiy taʼminot huquqi”;
- 12.00.12 — “Korrupsiya muammolari”;
- 12.00.08 — “Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosliklaridan biri boʻyicha huquqshunos mutaxassis.
2. Menejment — 2 shtat birligi:
- 08.00.13 — “Menejment” ixtisosligi boʻyicha menejment va inson resurslarini boshqarish mutaxassisi.
3. Axborot texnologiyalari, maʼlumotlar tahlili va sunʼiy intellekt mutaxassisi — 2 shtat birligi:
- 05.01.02 — “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”;
- 05.01.11 — “Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” ixtisosliklaridan biri boʻyicha raqamli boshqaruv, sunʼiy intellekt va maʼlumotlarni tahlil qilish mutaxassisi.
4. Sotsiolog — 1 shtat birligi:
- 22.00.01 — “Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi” ixtisosligi boʻyicha sotsiologiya mutaxassisi.
5. Psixolog — 1 shtat birligi:
- 19.00.03 — “Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (ergopsixologiya)”;
- 19.00.05 — “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosliklaridan biri boʻyicha boshqaruv psixologiyasi mutaxassisi.
6. Siyosatshunos — 2 shtat birligi:
- 23.00.02 — “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar”;
- 23.00.04 — “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari” ixtisosliklaridan biri boʻyicha mutaxassis.
7. Xorijiy til mutaxassisi — 2 shtat birligi.
8. Moliyachi — 1 shtat birligi:
- 08.00.07 — “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha mutaxassis.
9. Iqtisodchi — 1 shtat birligi:
- 08.00.01 — “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi boʻyicha mutaxassis.
Nomzodlar hujjatlarini hr@dsba.uz elektron pochta manziliga yuborishi so‘raladi.
