Ta’lim vazirligi kuzgi ta’tilda o‘qish tavsiya etiladigan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi

Ta’lim vazirligi kuzgi ta’tilda o‘qish tavsiya etiladigan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi

Kuzgi ta’til davomida maktab o‘quvchilari mutolaa qilishi uchun 15 ta badiiy asar tavsiya etildi. Ro‘yxat boshlang‘ich, 5–9-sinf hamda 10–11-sinf o‘quvchilari uchun alohida shakllantirilgan.

 

Kuzgi ta’til davomida maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan turli yoshdagi o‘quvchilar uchun badiiy adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etildi.

 

Tavsiya etilgan kitoblar o‘quvchilarning sinflariga qarab uch guruhga ajratilgan.

 

1–4-sinf o‘quvchilari uchun:

  • “Buvamning oshqozonidagi mamlakat” — Qobiljon Shermatov;
  • “Zahramahr qo‘rquvlari yoxud hamma narsaga kim aybdor?” — Madina Mo‘minova;
  • “Amir Temur haqida hikoyalar” — To‘lqin Hayit;
  • “Bir bor ekan — pul bor ekan” — Namoz Sa’dullayev;
  • “Maugli” — Redyard Kipling.

 

5–9-sinf o‘quvchilari uchun:

  • “Galaktikada bir kun” — Sa’dulla Quronov;
  • “O‘tmishdan ertaklar” — Abdulla Qahhor;
  • “Jayhun ustida bulutlar” — Mirkarim Osim;
  • “Sohibqiron nabirasi” — Xurshid Davron;
  • “G‘aroyib bolalar” — Aziz Nesin.

 

10–11-sinf o‘quvchilari uchun:

  • “Yaldo kechasi” — Xayriddin Sulton;
  • “Qutadg‘u bilig” — Yusuf Xos Hojib;
  • “Avlodlar dovoni” — Pirimqul Qodirov;
  • “Otamdan qolgan dalalar” — Tog‘ay Murod;
  • “Martin Iden” — Jek London.

 

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatidan o‘quvchilar o‘z yoshiga va qiziqishlariga mos kitoblarni tanlab, kuzgi ta’til davomida mutolaa qilishlari mumkin.

 

Avvalroq, Maktablarda kuzgi ta’til boshlanish sanasini e’lon qilgan edik.