Musiqa o‘qituvchilari malaka imtihonida qatnashish uchun 10-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari kerak

Musiqa o‘qituvchilari malaka imtihonida qatnashish uchun 10-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari kerak

Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun malaka imtihonida qatnashishlari uchun 10-noyabrga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 652-son qaroriga muvofiq musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 30-noyabr kuni musiqa madaniyati fanidan malaka imtihonining birinchi bosqichi — test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan

 

Talabgorlar mazkur fandan malaka imtihonida ishtirok etish uchun 10-noyabrga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

 

Talabgorlar test varianti tafsilotlari, test topshiriqlari formatlari kabi ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin.