Oktyabrda oyida o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Oktyabrda oyida o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e’lon qilindi

2026-yil 26–29-sentabr va 2–4-oktabr kunlari o‘tkazilgan biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

 

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

 

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 – 69,9 ball — A daraja;
60 – 64,9 ball — B+ daraja;
55 – 59,9 ball — B daraja;
50 – 54,9 ball — C+ daraja;
46 – 49,9 ball — C daraja.

 

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 5 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellyatsiya arizalari arizalarni qabul qilish toʻliq yakunlangandan so‘ng ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.