Attestatsiyada qatnashish uchun kelib tushgan murojaatlarning 79,4 foizi qabul qilingan

Attestatsiyada qatnashish uchun kelib tushgan murojaatlarning 79,4 foizi qabul qilingan

2026-yil 26-oktabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi sinov jarayonlari boshlanadi. Kuzgi attestatsiyada ishtirok etish uchun jami 302 ming 422 ta murojaat kelib tushgan.

 

Attestatsiya sinovlari 26-oktabrdan 28-noyabrgacha davom etadi. Joriy yilda attestatsiyani yagona ta’lim vazirligi bo‘lmish, Ta’lim va ilm-fan vazirligi o‘tkazadi. Unda pedagoglarning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, shuningdek, pedagogik mahorati baholanadi.

 

Attestatsiya sinovlari oldidan vazirlik matbuot xizmati tomonidan o‘tkazilgan brifingda attestatsiyaga oid bir qator raqamlar e’lon qilindi. 

 

Jumladan, kuzgi attestatsiyada ishtirok etish uchun pedagoglar tomonidan jami 302 ming 422 ta murojaat yuborilgan.

 

Shundan:

 

  • 16 ming 604 tasi — navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun;
  • 285 ming 819 tasi — navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun yuborilgan.

 

Kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqilgan. Natijada ularning 240 mingdan ortig‘i, ya’ni 79,4 foizi qabul qilingan.

 

Attestatsiya uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan maxsus jihozlangan 13 ta sinov markazida jami 2 ming 526 ta kompyuter tayyor holatga keltirilgan.

 

Attestatsiyada ishtirok etishi belgilangan pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga sinov o‘tkaziladigan sana va manzil to‘g‘risidagi xabarnomalar yuborilgan.

 

Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar sinovlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun sinovtest.uz saytidagi namunaviy testlarni ishlab ko‘rishlari mumkin.

 

Attestatsiyaga oid boshqa muhim ma’lumotlarni quyidagi maqolada o‘qishingiz mumkin.