Yangilanish: ushbu oʻquvchisining IELTS’dan 9 ball olgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi. Aslida oʻquvchining natijasi koʻrsatilgan natijadan pastroq ekanligi ma’lum boʻldi.
Bulungʻur tumandagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Abdusalomov Shohruxjon ingliz tilini xalqaro bilish darajasi IELTS boʻyicha 9.0 ball natijani qoʻlga kiritdi. Bu haqda Bulungʻur tumani taʼlim boshqarmasi xabar berdi.
Oʻquvchi IELTS imtihonining 4 bosqichi: speaking, writing, reading, listeningʻdan ham maksimal 9 ballni qoʻlga kiritgan
U 2025-yil dekabr oyida xalqaro SAT imtihonidan 1260 ball, 2026-yil mart oyida esa 1570 ball toʻplagan.
«Shohruxjon bu yutuqlar orqali tizimli mehnat, yuksak zakovat, ota-onasining qoʻllab-quvvatlashi, ustozlarning bilim va tarbiyasi natijasini koʻrsatib berdi», – deyiladi boshqarma xabarida.
Avvalroq, Olmaliq shahridagi 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Saidaʼzamxon Akromxonov IELTSʼdan 9 ball natijaga erishib, Oʻzbekistondagi eng yosh «niner»ga aylangan edi.


