SpaceX bosh direktori Elon Mask X tarmog‘ida kelasi yili AQShdagi har bir bolaga kompaniyadagi aksiyalaridan bittadan berishini aytdi.
Joriy yil 19-oktyabr kuni SpaceX bosh direktori Elon Mask X tarmog‘ida 2027-yili AQShdagi har bir bolaga kompaniyadagi o‘z aksiyalaridan bittadan berishini yozib qoldirdi.
Joriy yil avgust oyidagi SEC hujjatiga ko‘ra, u hozirda SpaceX’ning taxminan 4,8 milliard aksiyasiga egalik qiladi. Hali olinmagan mukofotlar va aksiya optsionlarini hisobga olganda bu ko’rsatkich 6,42 milliardga yetadi, bu kompaniyadagi 48,4 foizlik foydali ulushni tashkil etadi.
AQSh Aholi ro‘yxati byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga asosan taxminan 341,8 million aholisining 21,1 foizi ya’ni jami 72,1 million nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bola bor.
SpaceX aksiyasining 16-oktyabr kunidagi narxi 147,52 dollar bo‘lganini hisobga olinsa, bu bosh direktor taxminan jami 10,5 milliard dollarlik aksiyalarni hadya qilishini anglatadi.
Biroq aholi ro‘yxati raqamiga AQSH fuqarolari ham, fuqaroligi bo‘lmaganlar ham kiradi. Elon Mask’ning postida esa kimlar huquqli bo‘lishi haqida tafsilotlar ko‘rsatilmagan.
Forbes hisob-kitobiga ko‘ra, uning hozirgi boyligi 908,5 milliard dollarni tashkil etadi va u dunyodagi eng boy odam hisoblanadi.

