OTMlarni milliy reyting natijalari asosida rag‘batlantirish tartibiga o‘zgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin

OTMlarni milliy reyting natijalari asosida rag‘batlantirish tartibiga o‘zgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish tartibini yangilashni taklif qilmoqda.

 

Muhokamalar portaliga “Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to‘g‘risidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

 

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish, shuningdek ularni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.

 

Nizom loyihasiga ko‘ra, xalqaro miqyosda tan olingan THE (The Times Higher Education World University Rankings), QS (Quacquarelli Synonds World University Rankings) va ARWU (Academic Ranking of World Universities) tashkilotlarining xalqaro oliy taʼlim tashkilotlarining “TOP-1000” reytingida (sohalar boʻyicha reytinglar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan oʻrinlarni egallagan taʼlim tashkilotlari boʻyicha milliy reyting alohida yuritilishi mumkin.

 

Milliy reyting natijalariga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarini rag‘batlantirish reytingdagi o‘rniga (darajasiga) muvofiq moliyaviy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, milliy reyting natijalariga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlari tegishli toifalar doirasida quyidagi tartibda darajalarga ajratiladi:

 

  • har bir toifa guruhidagi oliy ta’lim tashkilotlarining 20 foizi – 1-darajaga;
  • keyingi 40 foizi – 2-darajaga;
  • qolgan 40 foizi – 3-darajaga

 

Taʼlim va ilm-fan vazirligi ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlarni oliy taʼlim tashkilotlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ajratishi yuzasidan milliy reytingning yakuniy natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh ish kuni muddat ichida belgilangan tartibda mablagʻlarni tegishli oliy taʼlim muassasalarining budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishi keltirilgan.

 

Nizom loyihasiga ovoz berish