Oktyabr oyida boʻladigan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilinmoqda

Oktyabr oyida boʻladigan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilinmoqda

Oktyabr oyida ona tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilinmoqda.

 

2026-yilning oktyabr oyida 3 ta umumtaʼlim fani: ona tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi taqdim etgan grafikka koʻra, imtihonlar 23-oktyabrdan 27-oktyabrga qadar davom etadi.

 

Bunda 23-oktyabr kuni geografiyadan, 24-26-oktyabr kunlari ona tili va adabiyot fanidan, 27-oktyabr sanasida esa tarix fanidan imtihonlar boʻlib oʻtadi.

 

Talabgorlar my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» boʻlimidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda borish shart. Kechikkan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi.

 

Muhim eslatma! Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.