Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi. Natijalardan norozi bo‘lgan nomzodlar 21-oktyabr kuni soat 11:00 ga qadar apellyatsiya arizasi yuborishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.
Davlat buyurtmasi asosida imtihon topshirgan talabgorlar natijalarini bsa.dsba.uz elektron platformasi orqali ko‘rishlari mumkin. Ochiq tanlov asosida qatnashgan nomzodlar esa qabul.dsba.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali natijalari bilan tanishishlari mumkin.
Shuningdek, imtihon natijalarini Akademiyaning rasmiy Telegram-boti — @natijadsbabot orqali ham bilib olish mumkin.
Apellyatsiya berish tartibi
Imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, ikki ish kuni ichida apellyatsiya berish uchun ariza yuborishlari mumkin. Arizalar bsa.dsba.uz va qabul.dsba.uz platformalari orqali qabul qilinadi.
Apellyatsiya arizalarini yuborishning oxirgi muddati — 21-oktyabr, soat 11:00.
Qabul natijalari yuzasidan savollar tug‘ilgan taqdirda, nomzodlar Akademiyaning call-markaziga +998 (71) 239-12-98, +998 (71) 239-49-02 murojaat qilishlari mumkin.
Qo‘ng‘iroqlar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
