“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning 15-bandiga koʻra umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi. 15-bandning 2-xatboshiga koʻra umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlari […]
Ushbu havola orqali oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Joriy yilning 5-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT) bilan hamkorlikda “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab ta’limini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyaning maqsadi – dunyo boʻylab tadqiqotchilar, oʻqituvchilar […]
“Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi Harbiy-akademik litseylarga kirish test sinovlari 2024-yil 27-iyul kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 15:00 da boshlanadi. Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 14:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim. Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat […]
Bugun, 10-iyundan 9-sinf bitiruvchilaridan 2024-2025 o‘quv yili uchun akademik listeylar uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi va qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi. Abituriyentlardan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari […]
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi, 1986 y.t. shaxs o‘zining mansabdor tanishlari orqali, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni IIV Akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 22 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda, Qarshi […]
“Med Invest innovatsion tibbiyot texnikumi” yurtimizda o‘zining yuqori nufuziga ega bo‘lgan pofessional ta’lim tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ta’lim muassasasi 2023-yilda tashkil etilgan bo’lib o‘z oldiga fan–tadqiqot–amaliyot zanjiri asosida yuqori sifatli taʼlim standartlariga asoslangan ta’lim berish hamda talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar etib tayyorlash bo‘yicha strategik maqsadlarni qo‘ygan. Mazkur texnikumga vakolatli davlat organi – O’zbekiston Respublikasi Oliy […]
Ro‘yxatga olish jarayonlari 2-8-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. To‘lovlar esa 9-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin. Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 21-22-dekabr kunlari o‘tkaziladi. Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi. Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga […]
Bilimni baholash agentligining xabar berishicha, abituriyentlar 2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng uni shaxsiy kabinetlari orqali bilish bilan birgalikda, 5100 raqamiga ID raqamini jo‘natib ham aniqlashlari mumkin. Ya’ni, abituriyentlarda natijalarni kutmasdan ham hozirdan 5100 raqamiga SMS so‘rovini yuborish imkoniyati mavjud. Bunda abituriyentga natijalar e’lon qilingandan so‘ng […]
Joriy yilning 29-oktyabridan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari ushbu manzillarda oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik. Shuningdek, 29-oktyabr kuni informatika va axborot texnologiyalari, 30-31-oktyabr kunlari matematika va fizika, 1-4-noyabr kunlari boshlangʻich taʼlim, 9-noyabr kuni tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari fanlari, 11-12-noyabr kuni ingliz tili, koreys tili, xitoy tili va yapon tili […]
2024-yil 29-oktyabrda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o’tkaziladigan malaka test sinovlalarida qaysi oʻqituvchilar ishtirok etadi? Ushbu ma’lumotlarni bir yerga jamladik. Quyidagi havolalar orqali attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan pedagoglarning ro’yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin: Andijon viloyati Buxoro viloyati Farg‘ona viloyati Jizzax viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Xorazm viloyati Namangan viloyati Navoiy viloyati Samarqand viloyati Sirdaryo […]
Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo’lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko’rilsa, grant asosida o’qiydi. Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti har yili O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul […]
Menejerlik o‘quv kursida to‘liq qatnashgan va o‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilar kursni muvaffaqiyatli tamomlagan deb hisoblanadi va yakuniy attestatsiya sinovlariga qo‘yiladi. Yakuniy sinov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta ichida Institut rektori buyrug‘i bilan nomzodlarga menejerlik sertifikati taqdim etiladi. Yakuniy attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatsiz o‘tgan nomzodlarga bir yil ichida yana bir bor sinovda […]
Qonunchilikka koʻra, oʻqituvchilarda quyidagicha imtiyoz va qulayliklar belgilangan: – 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi. – bolalarga taʼlim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. – pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq toʻlanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi. – pedagoglar xodimlar […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari»ga ko‘ra quyida pedagoglarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishishingiz mumkin: O‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; O‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik; O‘quvchini ommaviy izza qilmaslik; […]
2024-yil 1-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktab direktori o’quvchilarni kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. Unda Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani Qoraqalpoq mahallasida joylashgan 38-maktab direktori boshchiligida yosh avlod bilan ishlash jarayoni aks etgan. Vaziyat bo’yicha Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. “Xabarlar yuzasidan Andijon viloyati Maktabgacha va maktab […]
Sinov muddati uzog’i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi. Biroq Mehnat kodeksining 129-moddasiga ko‘ra, quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: – homilador ayollar; – uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar; – korxona uchun belgilangan […]
Birinchi o‘rinda — Oksford universiteti, 2-o‘rinda Massachusets texnologiyalar universiteti, 3-o‘rinda esa Harvard universiteti qayd etilgan. Top o‘ntalikni buyuk Britaniya va AQSH universitetlari egallagan bo‘lsa, Xitoy universitetlari ham ancha yuqoridan (top 20 talikda 12-, 13-o‘rinlar Xitoyda) joy olgani alohida qayd etilyapti. Ma’lumot uchun: top 2000 talikka O‘zbekistonning 3 ta OTM: Toshkent irrigatsiya va qishloq […]
Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra, ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent to‘plagan bali birinchi ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past […]
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda. Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga […]