Qoraqalpog‘istondagi maktab va bog‘chalarga direktorlik lavozimlari uchun vakant e’lon qilindi

Qoraqalpog‘istondagi maktab va bog‘chalarga direktorlik lavozimlari uchun vakant e’lon qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ayrim umumiy o‘rta ta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida direktorlik lavozimlariga vakant e’lon qilindi. Talabgorlar 10–14-oktyabr kunlari hujjatlarini elektron shaklda topshirishlari mumkin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim umumiy o‘rta ta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorligi uchun vakant o‘rinlarga hujjatlar qabul qilinmoqda.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlarda menejerlik sertifikati bo‘lishi hamda hujjatlarini manager.uzedu.uz platformasi orqali elektron tarzda topshirishi kerak.

 

Hujjatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va uning natijalariga ko‘ra tayinlash amalga oshiriladi.

 

Quyidagi hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida direktorlik lavozimi uchun vakant mavjud:

 

  • Amudaryo tumani 16, 54, 69-sonli maktablar;
  • Beruniy tumani 17-maktab;
  • Bo‘zatov tumani 1-, 9-, 12-sonli maktablar;
  • Qorao‘zak tumani 1-sonli maktab;
  • Qo‘ng‘irot tumani 8-, 13-, 17-, 51-, 53-, 56-sonli maktablar;
  • Mo‘ynoq tumani 3, 6, 14, 18-sonli maktablar;
  • Nukus tumani 13-sonli maktab;
  • Nukus shahri 46-maktab;
  • Taxiatosh tumani 5-,19-, 20-, 23-sonli maktablar;
  • Taxtako‘pir tumani 23-sonli maktab;
  • To‘rtko‘l tumani 37, 45, 48, 61, 69, 75, 78-sonli maktablar;
  • Xo‘jayli tumani 16, 18, 37, 38-sonli maktablar;
  • Chimboy tumani 2-sonli maktab;
  • Shumanay tumani 3, 4, 24, 26, 29-sonli maktablar;
  • Ellikqal’a tumani 6-, 26-, 32-, 33-, 39-, 66-, 75-sonli maktablar.

 

Quyidagi hududlardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimi uchun vakant mavjud:

 

  • Amudaryo tumani 14, 45, 48, 56, 57-sonli tashkilotlar;
  • Beruniy tumani 55-sonli tashkilotlar;
  • Bo‘zatov tumani 6-, 9-, 10-, 11-, 12-, 13-sonli tashkilotlar;
  • Kegeyli tumani 17-, 19-sonli tashkilotlar;
  • Qonliko‘l tumani 8-, 18-sonli tashkilotlar;
  • Qorao‘zak tumani 6-, 16-, 17-sonli tashkilotlar;
  • Qo‘ng‘irot tumani 11, 23, 27, 28, 33, 36, 37-sonli tashkilotlar;
  • Mo‘ynoq tumani 6-, 8-, 9-sonli tashkilotlar;
  • Nukus tumani 12-sonli tashkilot;
  • Nukus shahri 57-sonli tashkilot;
  • Taxiatosh tumani 11, 17, 19, 20-sonli tashkilotlar;
  • Taxtako‘pir tumani 16-sonli tashkilot;
  • To‘rtko‘l tumani 1-, 16-, 31-sonli tashkilotlar;
  • Chimboy tumani 6-sonli tashkilot;
  • Shumanay tumani 9-sonli tashkilot;
  • Ellikqal’a tumani 24, 36, 37, 38, 39-sonli tashkilotlar.

 

Talabgorlar hujjatlarini 2026-yil 10-oktyabrdan 14-oktyabrgacha manager.uzedu.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin.