O‘zbekistonlik talabalar Google’ning “Gemini AI Plus” xizmatidan bir yil bepul foydalanish uchun maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, talabalik maqomini tasdiqlashlari kerak.
Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik talabalar Google’ning sun’iy intellekt xizmatlari va qo‘shimcha imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan “Gemini AI Plus” obunasidan bir yil davomida bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Obunani faollashtirish uchun talabalar quyidagi bosqichlarni bajarishi kerak:
1. aileaders.uz platformasiga kirish;
2. Saytdagi “Talabalar uchun 1-yillik bepul Google Gemini AI Plus” obunasini faollashtirish tugmasini bosish;
3. Ochilgan oynada “Claim Students Plan at No Cost”, keyingi oynada esa “Get student offer” tugmasini tanlash;
4. Shaxsiy ma’lumotlarni tegishli maydonlarga kiritish.
5. “Add documents” tugmasini bosib, talabalik maqomini tasdiqlovchi hujjatlarni ya’ni Student ID va ta’lim muassasasidan olingan ma’lumotnomani yuklash. So‘ng “Submit” tugmasini bosish.
Yuborilgan ma’lumotlar tizim administratorlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Obuna taqdim etilgani haqida foydalanuvchining elektron pochtasiga xabar yuboriladi.
Obunani faollashtirish tartibi bilan quyidagi videoqo‘llanma orqali ham tanishish mumkin.
Avvalroq, Google Gemini sun’iy intellekt platformasida oʻzbek tili joriy etilgani haqida xabar berilgan edi.
