Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi (manzillar)

Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi (manzillar)

2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari 10-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi 226-son qaroriga muvofiq, Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqichida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar fanlaridan maxsus test sinovlarini topshiradi.

 

2026/2027-o‘quv yili tanlovlari doirasida bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabgorlar uchun test sinovlari 2026-yil 10-oktyabr kuni o‘tkaziladi. Tanlov natijalari my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.

 

Talabgorlar 10-oktyabr kuni soat 08:00 dan kechikmasdan test sinovi o‘tkaziladigan binoga yetib kelishi lozim. Bunda shaxsni tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki ID-kartani taqdim etish talab etiladi.

 

Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar:

 

Qoraqalpog‘iston – Nukus shahri Janabazar MFY “Nukus To‘rtko‘l” avtomagistrali shossesi 53/2-uy (Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal).

 

Агентство по оценке знаний и квалификаций Республики КаракалпакстанУправление образованием в Нукусе

 

Andijon – Andijon shahri Universitet ko‘chasi 129- “A” uy.

 

АндижанМахаллинский сход граждан Тахтакуприк — карта, фото, как добраться, координаты

 

Namangan – Namangan shahar Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY Yoshlik ko‘chasi 92-uy.

 

 

Farg‘ona – Fargʻona shahri Nurafshon koʻchasi “Mustaqillik shaharchasi” (“EKO shahar”).

 

 

Buxoro – Buxoro tumani Bogʻdasht MFY (7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni).

 

 

Xorazm – Urgаnсh tumani  Yuqоri dо‘rmаn Yuqoriovul MFY O‘zbekiston shox ko‘chasi 2/2-uy (Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab yon tomoni).

 

Отдел Агентства по оценке знаний и квалификаций Хорезмской областиИнфраструктура образования в Хорезмской области

 

Surxondaryo – Termiz shahri “Tinchlik” mahallasi Shodiyona ko‘chasi 1-A uy (Mo‘ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi yoni).

 

 

Qashqadaryo – Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Buyuk Turon MFY, Buyuk Turon (Maxtumquli) ko‘chasi, 10-v-uy (Qarshi xalqaro Aeroport yo‘li) Mo‘ljal: Smart telivizor zavod yonida.

 

 

Jizzax – Sh.Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFY hududidagi Yangi O‘zbekiston massivida (Mo‘ljal:M39 avtomagistrali yoqasidagi yangi qurlilgan uylar va binolar yonida).

 

 

Navoiy – Navoiy shahar “Yoshlik” MFY hududida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi (Mo‘ljal: Yangi bozor – Narpay yo‘nalishidagi Metan gaz quyish shahobchasi yonida).

 

 

Samarqand – Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Kamolot” mahallasi yerteshar ges ko‘chasi 5a-uy (Mo‘ljal: Sobiq “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o‘tib).

 

Agency for Assessment of Knowledge and Skills Samarkand Regional DepartmentИнфраструктура образования в Самаркандской области

 

Sirdaryo – Sirdaryo viloyati Guliston shahri 4-mavze “Buyuk kelajak” massivi.

 

 

Toshkent viloyati – Toshkent viloyati Nurafshon shahri, Nurafshon sity hududi Yangiobod (DOM) MFY, Yangiobod ko‘chasi 35-uy. (Mo‘ljal: Toshkent viloyat Prokuraturasi orqa tomoni).

 

Яндекс КартыЯндекс Карты

 

Toshkent shahri – Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Xadra” MFY Sebzor ko‘chasi 3-uy (Mo‘ljal: G‘afur G‘ulom metro bekatining ikkinchi chiqish yo‘lagi).