Prezident farmoni bilan kamida 15 yillik stajga ega pedagoglar farzandlarining oliy taʼlim muassasalaridagi kontrakti uchun foizsiz taʼlim krediti beriladi.
30-sentyabr kuni “Yangi Oʻzbekiston” universitetida Prezident Shavkat Mirziyoyeva 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan respublikadagi bir qancha pedagog kadrlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida pedagoglar uchun bir qancha yangi imtiyozlar belgilandi.
Jumladan, kamida 15 yillik mehnat stajiga ega pedagoglar farzandlarining oliy taʼlimda oʻqish kontrakti uchun foizsiz taʼlim krediti ajratiladi.
Shuningdek, milliy va xorijiy sertifikat olgan pedagoglar uchun imtihon xarajatlari 100 foiz qoplab beriladi. Milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarga esa har oy maoshlariga 50 foiz miqdorida ustama toʻlanadi.
Bundan tashqari, “Yil oʻqituvchisi” tanlovi qamrovi kengaytirib, bogʻcha va texnikum oʻqituvchilari oʻrtasida ham tashkil etiladi va pul mukofoti beriladi.
