Bugun davlat rahbari ishtirokida o‘tkazilayotgan ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvida kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga qisqartirilishi ma’lum qilindi.
Hozir Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Unda maktabgacha ta’lim tizimida bo‘ladigan bir necha yangiliklarni aytildi.
Bunda kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun pedagogika oliygohlarida o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga qisqaradi.
Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog’chaga bergan ishli onalar uchun badal puli byudjetdan qoplanadi.
Bog‘chada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.
Avvalroq, uchrashuv davomida pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi haqida xabar berilgandi.
