Bog‘cha tarbiyachilari uchun oliy ta’lim 4 yildan 3 yilga qisqartirilmoqda

Bog‘cha tarbiyachilari uchun oliy ta’lim 4 yildan 3 yilga qisqartirilmoqda

Bugun davlat rahbari ishtirokida o‘tkazilayotgan ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvida kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga qisqartirilishi ma’lum qilindi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozir Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unda maktabgacha ta’lim tizimida bo‘ladigan bir necha yangiliklarni aytildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun pedagogika oliygohlarida o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga qisqaradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog’chaga bergan ishli onalar uchun badal puli byudjetdan qoplanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bog‘chada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, uchrashuv davomida pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠