Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi davlat mukofotini ta’sis etishni taklif qildi.
Ayni vaqtda davlat rahbari o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida samarali faoliyat yuritayotgan, o‘zining ilg‘or tajribasi va mehnati bilan ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shayotgan pedagoglarni munosib taqdirlash muhimligini ta’kidladi.
Shu maqsadda alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklifi ilgari surildi. Uning ilk sohiblarini kelasi yilgi bayram arafasida e’lon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu mukofotni o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomi bilan atasak, — dedi davlat rahbari.
Shuningdek, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.
