O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?

Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoa a’zolari va sardori qayerda tahsil olgani haqida ochiq manbalardagi ma’lumotlarni bir joyga jamladik.

 

Kuni kecha, 27-sentyabr kuni Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining yakuniy turi bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa terma jamoa 2022-yilda Chennayda qo‘lga kiritilgan oltindan keyin ikkinchi bor Olimpiada chempioniga aylandi.

 

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muxiddin Madaminov joy oldi. Jamoaga sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov sardorlik qilgan.

 

Tarkibdagi toʻrt nafar shaxmatchi 2022-yilda Chennai shahrida oʻtkazilgan shaxmat olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan jamoa safida ham ishtirok etgan.

 

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?

 

Oʻzbekistonning soʻnggi uchta shaxmat olimpiadasidagi natijalari quyidagicha:

 

  • 2022-yil, Chennai — oltin medal.
  • 2024-yil, Budapesht — bronza medal.
  • 2026-yil, Samarqand — oltin medal.

 

Shu tariqa Oʻzbekiston ketma-ket uchta shaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi. Terma jamoa toʻrt yil ichida ikkinchi bor Open boʻlimida Olimpiada chempioniga aylandi.

 

Quyida jamoa a’zolari va sardorning ta’lim olgan yoki olayotgan muassasalari haqida ochiq manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz.

 

Javohir Sindarov — Turin politexnika universiteti

 

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?
Javohir Sindarov

 

Javohir Sindarov 2005-yilda 8-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston chempioni, 2025-yilgi Jahon kubogi g‘olibi va 2026-yilgi Nomzodlar turniri g‘olibidir. U Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi hisoblanadi.

 

Nodirbek Abdusattorov — Turin politexnika universiteti

 

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?
Nodirbek Abdusattorov

 

Nodirbek Abdusattorov 2004-yil 18-sentyabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. U ham Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi. U tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni hamda 2022-yilgi Chennay Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan.

 

Nodirbek Yoqubboyev — O‘zbekiston Milliy universiteti

 

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?
Nodirbek Yoqubboyev

 

Nodirbek Yoqubboyev 2002-yil 23-yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Yoqubboyev 2016, 2018 va 2020-yillarda O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. U 2022-yilda Chennayda o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasida ham O‘zbekiston terma jamoasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan.

 

Shamsiddin Vohidov — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

 

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?
Shamsiddin Vohidov

 

Shamsiddin Vohidov 2002-yil 11-yanvar kuni tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olgan. U 2015-yilda 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan. 2020-yilda esa xalqaro grossmeyster unvonini olgan.

 

Muxiddin Madaminov — tahsil olgan muassasasi haqida ma’lumot yo‘q

 

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?
Muxiddin Madaminov

 

Muxiddin Madaminov 2006-yil 2-Noyabrda tug‘ilgan. U 2024-yilda grossmeyster unvoniga ega bo‘lgan. U 2025-yilda Al-Beruniy Masters turnirida g‘olib chiqqan, 2026-yilda esa UzChess Cup Masters turnirida birinchi o‘rinni egallagan. Ochiq manbalarda u ta’lim olgan yoki olayotgan muassasasa haqida ma’lumot topilmadi.

 

Rustam Qosimjonov — O‘zbekiston Milliy universiteti

 

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?
Rustam Qosimjonov

 

Jamoa sardori, sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov 1979-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. U O‘zbekiston Milliy universitetining Informatika fakultetini tamomlagan. Qosimjonov 2004–2005-yillarda FIDE yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. U 1998-yilda Osiyo chempionligini ham qo‘lga kiritgan.

 

Oʻzbekiston musobaqaning dastlabki yetti turining barchasida gʻalaba qozondi.

 

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?

 

Hal qiluvchi bahslarda Hindiston 2,5:1,5, Xitoy esa 3:1 hisobida magʻlub etildi. 8-turda Germaniya Oʻzbekistonning gʻalabali seriyasiga barham berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston 9-turda AQSHni, 10-turda esa Armanistonni mag‘lub etdi.

 

So‘nggi turda Ukrainani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yilgi olimpiadani oltin medal bilan yakunladi.

 

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qayerda tahsil olgan?

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning amaldagi vazirlari qaysi OTMlarni tamomlaganligi haqida maqola e’lon qilingan edi. Shuningdek, amaldagi hokimlarning qaysi oliygohlarda tahsil olganligi bilan ham quyida tanishishingiz mumkin.