Dual ta’limda o‘quvchilar eng ko‘p qaysi kasblarda o‘qimoqda? — tahlil

Dual ta’limda o‘quvchilar eng ko‘p qaysi kasblarda o‘qimoqda? — tahlil

O‘zbekistondagi 679 ta texnikumda 442 mingdan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ularning 60,6 ming nafari dual ta’limga qamrab olingan bo‘lib, eng ko‘p o‘quvchi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hamda tikuvchilik yo‘nalishlarida o‘qimoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan texnikumlarda dual ta’limning joriy holati bo‘yicha axborot-tahliliy sharh e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Unda 2026-yil 30-may holatidagi Prof-emis.edu.uz ma’lumotlari asosida dual ta’lim qamrovi, uning hududlar va kasb-mutaxassisliklar kesimidagi ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Sharhga ko‘ra, 2026-yil 30-may holatida tahlilga kiritilgan 679 ta texnikumda 442 227 nafar o‘quvchi tahsil olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shundan 60 654 nafari dual ta’limda o‘qimoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu umumiy o‘quvchilar sonining 13,7 foizini tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Qolgan 381 573 nafar o‘quvchi boshqa ta’lim shakllarida tahsil olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Dual ta’lim qamrovi hududlar bo‘yicha sezilarli farq qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax viloyatida — 24,8 foiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Keyingi o‘rinlarda Namangan — 18,1 foiz, Xorazm — 16,7 foiz, Andijon — 16,3 foiz va Farg‘ona — 15,4 foiz bilan qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Eng past qamrov Toshkent shahrida — 7 foiz va Samarqand viloyatida — 7,6 foizni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Dual ta’limda o‘quvchilar eng ko‘p qaysi kasblarda o‘qimoqda? — tahlil
Jadval: Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni bo‘yicha esa Farg‘ona viloyati 9 247 nafar bilan birinchi o‘rinda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Undan keyin Andijon — 7 243 nafar, Namangan — 6 652 nafar, Qashqadaryo — 6 359 nafar va Jizzax — 5 258 nafar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur beshta hududdagi dual ta’lim o‘quvchilari respublika bo‘yicha jami dual ta’lim kontingentining 57,3 foizini tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu yerda qamrov foizi bilan o‘quvchilar sonini farqlash muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Masalan, Jizzaxda dual ta’lim qamrovi eng yuqori — 24,8 foiz bo‘lsa, Farg‘onada dual ta’limda o‘qiyotganlar soni eng ko‘p — 9 247 nafar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Eng ko‘p o‘quvchi qaysi kasblarda?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Sharhda dual ta’limdagi o‘quvchilarning qariyb yarmi uchta kasb va mutaxassislik hissasiga to‘g‘ri kelishi qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi yo‘nalishida 10 931 nafar, avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 9 131 nafar, tikuvchilikda esa 7 900 nafar o‘quvchi dual ta’limda tahsil olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ushbu uchta yo‘nalishda jami 27 962 nafar o‘quvchi bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu dual ta’limdagi jami o‘quvchilarning 46,1 foiziga teng.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Biroq o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lishi har doim ham shu yo‘nalishda dual ta’lim qamrovi yuqori degani emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Masalan, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi yo‘nalishidagi o‘quvchilarning 79,1 foizi dual ta’limda bo‘lsa, avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida bu ko‘rsatkich 11,1 foizni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Tikuvchilikda esa dual ta’lim qamrovi 29,9 foiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Dual ta’limda o‘quvchilar eng ko‘p qaysi kasblarda o‘qimoqda? — tahlil
Jadval: Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tahlilda ayrim yirik kasb va mutaxassisliklarda dual ta’lim o‘quvchilari umuman qayd etilmagani ham ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bunday yo‘nalishlar orasida hamshiralik ishi, feldsherlik ishi, davolash ishi, farmatsiya, funksional diagnostika ishi, tibbiyot brigadasi hamshirasi, stomatologiya ishi, kon ishchisi va qurilish ishlari ishchisi kabi yo‘nalishlar bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hamshiralik ishi yo‘nalishi 120 ta texnikumda mavjud bo‘lib, unda 63 675 nafar o‘quvchi tahsil oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shunga qaramay, tahlilda ushbu yo‘nalish bo‘yicha dual ta’limdagi o‘quvchilar qayd etilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Dual ta’lim qayd etilmagan eng yirik 10 ta yo‘nalishda jami 120 657 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ularning 106 935 nafari yettita tibbiyot yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Biroq bu ushbu yo‘nalishlarda o‘quvchilar umuman amaliyot o‘tmaydi, degani emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Sharhda qayd etilishicha, amaliy tayyorgarlik mavjud bo‘lsa-da, u dual ta’lim sifatida rasmiylashtirilmagan yoki ma’lumotlar axborot tizimida to‘liq aks etmagan bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2030-yilgacha qamrovni 40 foizga yetkazish maqsad qilingan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2030-yilgacha texnikum o‘quvchilarining 40 foizini dual ta’limga qamrab olish maqsad qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Sharhda bu ko‘rsatkichga erishish uchun yangi qabul parametrlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik, amaliyot va ish o‘rinlari, malakali ustozlar hamda hududiy mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olish zarurligi qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠