O‘zbekistonda 1-oktyabr arafasida 601 ta maktab jamoasining rahbar va pedagog xodimlariga o‘quvchilarning ta’lim natijalari hamda maktab faoliyatidagi ko‘rsatkichlardan kelib chiqib ustama beriladi.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida O‘zbekistondagi 601 ta maktab jamoasi munosib e’tirof etildi. Mazkur maktablarning rahbar va pedagog kadrlariga ish faoliyati natijalariga ko‘ra 10 foizdan 40 foizgacha ustama belgilandi.
Qayd etilishicha, ustama Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 23-sentyabrdagi 359-son buyrug‘i asosida belgilanmoqda.
Ustama belgilangan maktablar qatoriga ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan ta’lim tashkilotlari kiritilgan.
Ustama oladigan maktablar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.
Avvalroq, Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlariga ustama berish va ragʻbatlantirish tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.
