Sertifikat imtihoniga ariza topshirgan 120 mingdan ortiq talabgorning 59 mingga yaqini hali toʻlov qilmagan — Agentlik

Sertifikat imtihoniga ariza topshirgan 120 mingdan ortiq talabgorning 59 mingga yaqini hali toʻlov qilmagan — Agentlik

Oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning 60 foizga yaqini hali toʻlovni amalga oshirmagan. Toʻlov qilinmagan arizalar 4-oktyabr kuni bekor qilinadi.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil oktyabr oyidagi milliy sertifikat imtihonlari uchun jami 128 000 ta oʻrin ajratilgan.

 

24-sentyabr holatiga koʻra, 120 593 ta ariza topshirilgan, shundan 61 596 ta ariza uchun toʻlov amalga oshirilgan.

 

Toʻlov qilishning oxirgi muddati 3-oktyabr va 4-oktyabr kuni toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilinadi.

 

Agentlikka koʻra, toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilingan, boʻsh qolgan oʻrinlar uchun ariza berish yana qayta ochiladi. Ushbu imkoniyatdan roʻyxatdan oʻta olmagan abituriyentlar foydalanishi mumkin.