“11 yil maktabda oʻqitib, bitta kasb yo til oʻrgatmasdan, bolani keng dengizga qoʻyib yuboryapmiz, qani masʼuliyat?” — Prezident

“11 yil maktabda oʻqitib, bitta kasb yo til oʻrgatmasdan, bolani keng dengizga qoʻyib yuboryapmiz, qani masʼuliyat?” — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazilmoqda.

 

Prezident yigʻilish davomida maktab tizimini to’xtaldi. Jumladan, yoshlar 11 yil maktabda oʻqib, na bitta til va na bitta kasb egallamasdan chiqayotganini, shuningdek, oliygohga oʻqishga ham kirolmayotganini keskin tanqid qildi.

 

Shuningdek, Prezident rivojlangan mamlakatlar maktablarida oʻquvchilarga eng koʻp beshta yoʻnalish boʻyicha bilim berishi, lekin mukammal o’qitishini aytib oʻtdi.

 

Jumladan, O’zbekistonda ham yettinchi sinfdan boshlab oʻqituvchilar va ota-onalarga hamkorlikda oʻquvchining qiziqishini aniqlab, shunga yoʻnaltirgan holatda oʻqitish kerakligni taʼkidladi.

 

«Nimaga 11 yil oʻqitib, bitta kasbga ham, bitta tilga oʻqitmay, bolani keng okeanga qoʻyib yuboryapmiz? Qani masʼuliyat? Rivojlangan davlatlarda eng koʻp boʻlsa beshta yoʻnalish boʻyicha bilim beradi, lekin mukammal beradi.

 

Biz maktab qurib beramiz, 11 yil muallimga pul berib, 11 yil oʻquvchini oʻqitamiz lekin oliygohga kirmaydi, keyin ishsiz yuradi. Maktab tizimini ham, oliygoh tizimini ham oʻzgartirib, dual taʼlimga oʻtkazganimiz bejiz emas. Aslida yettinchi sinfdan keyin muallim va ota-onalar birga bolaning qaysi kasb egasi boʻlishini, qiziqishini prognoz qilishi va shunga qarab oʻqitishi kerak.

 

Men har safar aytaman, hamma Beruniy boʻlolmaydi, hamma Xorazmiy boʻlolmaydi, hamma matematik boʻlolmaydi. Xudo bergan imkoniyatiga qarab uni kasbga oʻqitsak, ota-ona ham rozi, davlat ham rozi, prezident ham rozi, muhit ham mutlaqo oʻzgaradi», — deydi Prezident.