Pedagoglar milliy sertifikat imtihoni uchun 50 foiz kamroq toʻlaydi: imtiyozdan foydalana olmaganlar arizasini tahrirlasa boʻladimi?

Pedagoglar milliy sertifikat imtihoni uchun 50 foiz kamroq toʻlaydi: imtiyozdan foydalana olmaganlar arizasini tahrirlasa boʻladimi?

Hukumatning tegishli qarori bilan pedagoglar uchun attestatsiya va milliy sertifikat imtihoni uchun toʻlovlar 50 foizga arzonlashdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori bilan hukumatning bir qancha qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Unga koʻra, endi milliy sertifikat hamda chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlarda qatnashish uchun pedagog kadrlardan amaldagi summaning 50 foiz miqdorida haq undiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun arizalarni qabul qilish yopildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Tahririyatimizga koʻplab pedagoglar tomonidan imtiyozdan foydalanishni belgilamay ketishgani va shu sababli yuz foiz miqdorida toʻlov qilishlari haqida murojaatlar kelib tushdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Xoʻsh, pedagoglar imtiyozdan foydalanishlari uchun yuborgan arizalarini tahrirlashlari mumkin?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislarining maʼlum qilishicha, limit belgilangani uchun ariza berish birinchi kunning oʻzidayoq tugagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Shundan kelib chiqib arizalarni qayta yuborish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Ammo agentlik toʻlov qilish muddati yakunlangandan keyin imtihon toʻlovini qilmagan va arizasi bekor qilingan talabgorlar evaziga boʻsh qolgan oʻrinlar uchun ariza topshirish yana qayta ochilishini maʼlum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Imtiyozdan foydalana olmay qolgan pedagoglar ariza berish ochilganda qaytadan yangi ariza berishi va mazkur imtiyozni belgilab oʻtishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Ungacha arizani tahrirlash yoki yangilash imkoniyati mavjud emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠