Pedagoglar milliy sertifikat imtihoni uchun 50 foiz kamroq toʻlaydi: imtiyozdan foydalana olmaganlar arizasini tahrirlasa boʻladimi?

Pedagoglar milliy sertifikat imtihoni uchun 50 foiz kamroq toʻlaydi: imtiyozdan foydalana olmaganlar arizasini tahrirlasa boʻladimi?

Hukumatning tegishli qarori bilan pedagoglar uchun attestatsiya va milliy sertifikat imtihoni uchun toʻlovlar 50 foizga arzonlashdi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori bilan hukumatning bir qancha qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Unga koʻra, endi milliy sertifikat hamda chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlarda qatnashish uchun pedagog kadrlardan amaldagi summaning 50 foiz miqdorida haq undiriladi.

 

Oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun arizalarni qabul qilish yopildi. Tahririyatimizga koʻplab pedagoglar tomonidan imtiyozdan foydalanishni belgilamay ketishgani va shu sababli yuz foiz miqdorida toʻlov qilishlari haqida murojaatlar kelib tushdi.

 

Xoʻsh, pedagoglar imtiyozdan foydalanishlari uchun yuborgan arizalarini tahrirlashlari mumkin?

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislarining maʼlum qilishicha, limit belgilangani uchun ariza berish birinchi kunning oʻzidayoq tugagan. Shundan kelib chiqib arizalarni qayta yuborish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas.

 

Ammo agentlik toʻlov qilish muddati yakunlangandan keyin imtihon toʻlovini qilmagan va arizasi bekor qilingan talabgorlar evaziga boʻsh qolgan oʻrinlar uchun ariza topshirish yana qayta ochilishini maʼlum qildi.

 

Imtiyozdan foydalana olmay qolgan pedagoglar ariza berish ochilganda qaytadan yangi ariza berishi va mazkur imtiyozni belgilab oʻtishi mumkin. Ungacha arizani tahrirlash yoki yangilash imkoniyati mavjud emas.