Hududlar bo‘yicha qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori ekani ma’lum bo‘ldi

Hududlar bo‘yicha qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori ekani ma’lum bo‘ldi

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan e’lon qilingan tahlilda hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar ma’lum qilindi.

 

Texnikumlarning 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining shakllantirilishi, hududlar kesimida taqsimlanishi va ularning bajarilish samaradorligi tahlil qilindi.

 

Tahlil natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha eng ko‘p talab bildirilgan yo‘nalish avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘lgan. Mazkur yo‘nalishga jami 249 130 nafar talabgordan 50 208 nafari, ya’ni 20,2 foizi hujjat topshirgan.

 

Shuningdek, hududlarda mehnat bozoridagi ehtiyoj va abituriyentlarning qiziqishi turli kasb va mutaxassisliklarga to‘g‘ri kelayotgani qayd etilgan.

 

Xususan:

 

  • Toshkent shahrida – kompyuter tizimlarida dasturlash;
  • Samarqand viloyatida – sartarosh (modelyer);
  • Surxondaryo viloyatida – qutqaruvchilik;
  • Farg‘ona viloyatida – tikuvchilik mahsulotlari dizayneri;
  • Toshkent viloyatida – kimyoviy ishlab chiqarish laboranti;
  • Navoiy viloyatida – foydali qazilmalarni maydalash va saralash;
  • Andijon viloyatida – elektr uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha elektromontyor;
  • Namangan viloyatida – sanoat farmatsiyasi;
  • Xorazm viloyatida – bino va inshootlar qurilishi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – suv xo‘jaligini avtomatlashtirish operatori;
  • Jizzax viloyatida – fermer xo‘jaligini boshqarish;
  • Sirdaryo viloyatida – asalarichilik;
  • Qashqadaryo viloyatida – neft va gazni qayta ishlash;
  • Buxoro viloyatida – mehmonxona xo‘jaligi mutaxassisi.

 

Shu tariqa, hududlar kesimida texnik va amaliy kasblar, axborot texnologiyalari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi hamda turizm yo‘nalishlariga bo‘lgan talab turlicha shakllangan.

 

Hududlar bo‘yicha qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori ekani ma’lum bo‘ldi