Kecha, 21-sentyabr kuni Toshkent metropolitenidan 1 million 181 ming 581 nafar yo‘lovchi foydalandi. Bu metropoliten tarixidagi eng yuqori kunlik ko‘rsatkich bo‘lib, avvalgi rekorddan 16 031 nafarga ko‘p.
Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish bo‘yicha navbatdagi rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Joriy yil 21-sentyabr kuni metropoliten xizmatlaridan jami 1 181 581 nafar yo‘lovchi foydalangan.
Avvalgi rekord 14-sentyabr kuni qayd etilgan edi. O‘sha kuni metro xizmatlaridan 1 165 550 nafar yo‘lovchi foydalangan. Bu metropoliten tarixidagi eng yuqori kunlik ko‘rsatkich hisoblangan. Yangi ko‘rsatkich avvalgi rekorddan 16 031 nafarga ko‘p.
“Toshkent metropoliteni” AJ ning ta’kidlashicha, mavjud ko‘rsatkichlar va yo‘lovchilar oqimi dinamikasi asosida oktyabr oyida metropolitenda bir kunda tashiladigan yo‘lovchilar soni 1,2 million nafarga yetishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan, avval xabar berilganidek, Toshkent metropolitenida 1 200 000-yo‘lovchini alohida aniqlash hamda unga maxsus imtiyoz yoki sovg‘a taqdim etish tashabbusi rejalashtirilgan. Mazkur tadbir yo‘lovchilar uchun o‘ziga xos rag‘batlantiruvchi va ramziy voqea sifatida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Xususan, 2026-yil davomida xarid qilinishi va Toshkent metropoliteniga yetkazib berilishi rejalashtirilgan 14 ta zamonaviy harakat tarkibining barchasi vagonlar parkiga olib kelindi. Yangi poyezdlardan yo‘lovchilarga yanada qulay, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishda samarali foydalanilmoqda, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, 15-sentyabr kuni poytaxt avtobuslaridan 1,5 milliondan ortiq yo‘lovchi foydalangani haqida xabar berilgandi.
