O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi ilk medalini FarDu talabasi qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi ilk medalini FarDu talabasi qo‘lga kiritdi

Farg‘onalik talaba Yaponiyada o‘tkazilayotgan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida karate bo‘yicha 55 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

 

Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat va sport faoliyati fakultetining 2-bosqich talabasi Humoyunmirzo Halimov Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

 

Yosh sportchi karate yo‘nalishida 55 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

 

Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan turli sport turlari bo‘yicha sportchilar ishtirok etmoqda. Mazkur musobaqada FarDU talabasi Humoyunmirzo Halimov ham o‘z yo‘nalishida mamlakat sharafini himoya qilib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

 

Avvalroq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2026-yilda oʻzbekistonlik oʻquvchilar xalqaro fan olimpiadalarida 35 ta oltin, 81 ta kumush va 104 ta bronza medalni qoʻlga kiritganini maʼlum qilgandi.