Oʻzbekistonlik oʻquvchilar joriy yilda xalqaro olimpiadalarda nechta medal qoʻlga kiritdi?

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar joriy yilda xalqaro olimpiadalarda nechta medal qoʻlga kiritdi?

2026-yilda Oʻzbekiston oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida 35 ta oltin, 81 ta kumush va 104 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2026-yilda oʻquvchilarning xalqaro fan olimpiadalaridagi ishtiroki natijalarini maʼlum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga koʻra, 2026-yilda Oʻzbekiston oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qoʻlga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza medaldir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Joriy yilda Oʻzbekiston ilk marotaba Xalqaro sunʼiy intellekt olimpiadasida ishtirok etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda oʻquvchilar 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 3 ta medalni qoʻlga kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Toshkent viloyatida oʻtkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasida Oʻzbekiston vakillari jami 61 ta medal — 11 ta oltin, 22 ta kumush va 28 ta bronza medalga ega boʻlgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida esa oʻquvchilar 11 ta medal — 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlum qilinishicha, eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida ham oʻzbekistonlik oʻquvchilar sovrinli oʻrinlarni egallagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, Oʻzbekiston mezbonligida 96 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida 1 ta oltin va 3 ta kumush medal qoʻlga kiritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xitoyda 119 davlat vakillari qatnashgan Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush va 3 ta bronza, Kolumbiyada 96 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida esa 2 ta kumush va 2 ta bronza medal qoʻlga kiritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, Germaniyada 51 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta kumush va 1 ta bronza, Xitoyda 60 davlat vakillari qatnashgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida esa 2 ta bronza medal qoʻlga kiritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠