2025/2026-o‘quv yilidagi Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 9- va 10-sinflar uchun 1-guruh fanlaridan berilgan topshiriqlar to‘plami taqdim etildi.
Xabaringiz bor, Asosiy olimpiada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari hamda akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlarining 1–2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Olimpiada 4 bosqichda tashkil etiladi:
- maktab bosqichi — sentyabr oyida;
- tuman (shahar) bosqichi — oktyabr oyida test sinovlari shaklida;
- hududiy bosqich — noyabr–dekabr oylarida amaliy va test sinovlari shaklida;
- respublika bosqichi — mart oyida.
Quyida 2025/2026-o‘quv yilidagi Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 9- va 10-sinflar uchun 1-guruh fanlaridan berilgan topshiriqlar bilan tanishishingiz mumkin.
9-sinf:
— Matematika — topshiriqlar fayli
— Fizika — topshiriqlar fayli
— Kimyo — topshiriqlar fayli
— Biologiya — topshiriqlar fayli
— Informatika — topshiriqlar fayli
10-sinf:
— Matematika — topshiriqlar fayli
— Fizika — topshiriqlar fayli
— Kimyo — topshiriqlar fayli
— Biologiya — topshiriqlar fayli
— Informatika — topshiriqlar fayli
Eslatib o‘tamiz, maktab bosqichida olimpiada belgilangan tartibda o‘tkazilmasa, adolatsizlik yoki xolislikka zid holatlar kuzatilsa, nazorat materiallarining maxfiyligi buzilsa yoki boshqa qoidabuzarliklar aniqlansa, bu haqda Fan olimpiadalari markazining murojaatlar boti orqali xabar berish mumkin.
