2026-yilgi attestatsiya sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati belgilandi (Videoqo‘llanma)

2026-yilgi attestatsiya sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati belgilandi (Videoqo‘llanma)

Pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ariza topshirish davom etmoqda. Jarayonlar joriy yil 30-sentyabr kuni yakunlanadi.

 

Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari turlarida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.

 

Attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza topshirishning soʻnggi kuni 2026-yil 30-sentyabr etib belgilandi.

 

Murojaatlarni quyidagi usullarda yuborish mumkin:

 

  • platforma orqali: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz sayti orqali (ONE ID tizimi yordamida shaxsiy kabinetga kiriladi);
  • portal orqali: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali;
  • davlat xizmatlari markazlari (DXM) ga shaxsan tashrif buyurgan holda.

 

Attestatsiya bosqichlari muddati:

 

  • avgust-sentyabr: Murojaatlar (arizalar) qabul qilinadi;
  • oktyabr-noyabr: Malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;
  • dekabr: Sertifikatlar tarqatiladi.

 

Quyidagi videoqoʻllanma orqali platformadan foydalanish, ariza yuborish bosqichlari va muhim tavsiyalar bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.