Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun oliy ta’lim muassaslariga qo‘shimcha qabul kvotalari ajratilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shimcha kvotalar yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.
Talimxabarlari.uz Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qachon ajratilishi yuzasidan Oliy ta’lim fan va annovatsiyalar vazirligi bilan bog‘landi.
Vazirlik qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha ayni paytda ishlar olib borilayotganligini, yaqin kunlarda e’lon qilinishi haqida ma’lum qildi.
2024-yilgi qabulda Qoraqalpogistonlik yoshlar uchun 10 mingta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlangan. Ushbu o‘rinlar kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirilgan.
2025-yilgi qabulda esa Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun bir nechta qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, 500 ta va 200 ta maqsadli qabul parametrlari, shuningdek, respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlariga 7 225 ta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu qo‘shimcha kvotaga qabul 22-sentyabr kuni ochilgan. Natijalari esa 25-sentyabr kuni e’lon qilingan.
