Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun berilgan 7 225 ta qo‘shimcha kontrakt natijalari eʼlon qilina boshlandi.
Bu haqda ta’lim eksperti Zafarshoh Amirqulovning xabar berdi.
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda bir qancha imkoniyatlar yaratildi.
Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 7 225 ta qabul parametrlari tasdiqlangan edi.
Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional (kasbiy) taʼlim muassasalarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Qoraqalpogʻistonlik oʻqishga kirolmagan abituriyentlarga my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlarini tekshirib qoʻyishlari tavsiya etiladi.
