Sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

Sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

Sentyabr oyida chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihon uchun talabgorlarning ruxsatnomalari taqdim etildi. Imtihonning yozma qismi 13–14-sentyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi esa 15–25-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.

 

Unga ko‘ra:

 

  • imtihonning yozma qismi — 13-14-sentyabr kunlari;
  • gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 15-sentyabrdan 25-sentyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.

 

Talabgorlar my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

 

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

 

Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi: Geolokatsiya