“Yil o‘qituvchisi” tanlovida ballari teng kelgan pedagoglar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkaziladi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovida ballari teng kelgan pedagoglar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkaziladi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovida har bir bosqich natijalariga ko‘ra ballari teng kelgan ikki nafar pedagog o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. Mutaxassislik fani bo‘yicha test sinovi 11-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida tashkil etiladi.

 

Avvalroq, “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi yakunlanib, natijalar tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan muhokama qilingan.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabariga ko‘ra, muhokamalar jarayonida har bir bosqich natijalari umumlashtirilganda ballari teng bo‘lib qolgan pedagoglar uchun qo‘shimcha tanlov sifatida mutaxassislik fani bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.

 

Bu bo‘yicha MMTVning “Yil o‘qituvchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita qarori ijrosi to‘g‘risida” 2026 yil 28 avgustdagi 323-son buyrug‘ida Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga alohida topshiriqlar berilgan.

 

Shu munosabati bilan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining har bir bosqichida erishgan natijalari teng kelib qolgan sariosiyolik ikki nafar pedagog o‘rtasida mutaxassislik fanidan qo‘shimcha test sinovini o‘tkazish maqsadida Surxondaryo viloyatida joriy yil 11-avgust kuni qo‘shimcha tanlov bo‘lib o‘tadi.