Barcha talabalar uchun to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza berish boshlandi. Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, arizani masofadan turib topshirish kifoya.
To‘lov-shartnomasini olish uchun barcha talabalar, jumladan 1-kurs talabalari uchun onlayn ariza yuborish jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Ariza topshirish uchun kontrakt.edu.uz tizimiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish va tegishli ma’lumotlarni kiritish kerak. Talabalar ushbu xizmatdan foydalanish orqali oliy ta’lim muassasasiga borib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz shartnoma olish uchun ariza yuborishlari mumkin.
Yuborilgan arizalar oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlanadi. Ariza tasdiqlangach, talaba uchun QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Shundan so‘ng tasdiqlangan shartnomani tizim orqali yuklab olish va unda ko‘rsatilgan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, to‘lov-shartnomasini olish uchun arizani “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish imkoniyati mavjud.
Eslatma: ariza yuborishdan oldin tizimda ro‘yxatdan o‘tish va zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish lozim.
Avvalroq, kontrakt shartnomasidagi ikki va uch tomonlama shartnomalarning farqi haqida ma’lumot berilgandi.
