Xususiy maktablarning korreksion sinflari uchun subsidiya miqdori belgilandi

Xususiy maktablarning korreksion sinflari uchun subsidiya miqdori belgilandi

Rivojlanishida yoki ta’lim olishida qo‘shimcha yordamga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun sinf tashkil etgan holda umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga har bir o‘quvchi uchun subsidiya ajratiladi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, korreksion sinf tashkil etgan nodavlat maktablarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga subsidiya ajratish tartibi belgilangan. Korreksion sinf — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ularning imkoniyatlari va ehtiyojlariga moslashtirilgan sharoitda ta’lim beriladigan sinf.

 

Subsidiyaning miqdori xususiy ta’lim tashkiloti joylashgan hududga qarab farqlanadi.

 

Jumladan:

 

— Toshkent shahrida — har bir o‘quvchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 11 baravari;

—viloyatlar markazlari va Nukus shahrida — BHMning 9,5 baravari;

—boshqa tuman va shaharlarda — BHMning 8,5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

 

Mazkur subsidiya aynan korreksion sinfda ta’lim olayotgan har bir o‘quvchi hisobiga ajratilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, subsidiya ajratish bilan bog‘liq boshqa talablar, shartlar va tartiblar tegishli normativ-huquqiy hujjatda belgilangan.

 

Avvalroq, ehtiyojmand oilalar farzandlarining bog‘cha, o‘quv markazi va yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi.